Toshkent shahri avtobuslarida naqd pul o‘rniga qanday to‘lov qilish mumkinligi tushuntirildi
Toshkent avtobuslarida naqd pulda to‘lov qabul qilish to‘xtatiladi, o‘rniga bir martalik chipta joriy qilinadi.

Foto: Kun.uz
2025 yil 1 yanvardan boshlab, Toshkent shahrida avtobuslarda naqd pul qabul qilish amaliyoti to‘xtatiladi va to‘lovlar elektron tarzda, transport kartalari yoki bank kartalari orqali qabul qilinadi.
Transport vazirligi naqd pulda to‘lov qilmoqchi bo‘lgan yo‘lovchilarga qanday yo‘l tutish haqida tushuntirish berdi: bu holatda shahardagi bekatlarda va ular yaqinida o‘rnatilgan to‘lov qurilmalari (Paynet, MultiPay va Oson infokiosklari) orqali bir martalik chipta xarid qilish lozim bo‘ladi.
Yo‘l haqini tez va arzon to‘lash uchun esa elektron to‘lov tizimlaridan foydalanish tavsiya etilgan.
Mavzuga oid

21:51 / 11.04.2025
Toshkent shahrida 12-13 aprel kunlari keng ko‘lamli hashar o‘tkaziladi

22:19 / 10.04.2025
Toshkentdagi ayrim yo‘llar vaqtincha yopildi

21:18 / 10.04.2025
Toshkentda uy-joy nizosi ikki kishining o‘limi bilan tugadi

19:04 / 09.04.2025