Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jasur Jaloliddinov Italiya klubiga o‘tadi
O‘zbekistonlik yosh futbolchi Jasur Jaloliddinov legionerga aylanishi kutilmoqda.
«Bunyodkor» klubi matbuot xizmati xabar berishicha, 17 yoshli Jasur Jaloliddinov Italiya «B» Ceriyasi ishtirokchisi «Benevento» safiga o‘tadi.
«Yosh futbolchimizning harakatlari klub ustozi, italiyalik mashhur sobiq futbolchi Filippo Indzagiga ma'qul kelgan», deyiladi xabarda.
«Bunyodkor» klubi tez orada ushbu yarimhimoyachisining kelajagi bo‘yicha batafsil ma'lumot berilishini ma'lum qilgan.
Jaloliddinov joriy mavsumda «qaldirg‘ochlar» klubining asosiy tarkibidan o‘rin olgan va O‘zbekiston chempionatida 20ta o‘yinda ishtirok etib, 2ta gol urishga erishgan.
U Superliganing 24-turi doirasida «Navbahor»ga qarshi kechgan o‘yinda (2:1) zaxiradan maydonga tushdi va o‘yin yakunida yana almashtirildi.
Ma'lumot uchun, Jasur Jaloliddinov oktabr oyida The Guardian nashri tomonidan 2002 yilda tug‘ilgan eng yaxshi futbolchilar ro‘yxatiga (60 kishilik ro‘yxatdan «Barselona» yarimhimoyachisi Anssumane Fati ham o‘rin olgan) kiritilgandi.
Mavzuga oid
08:16 / 24.03.2025
Bunyodkor shohko‘chasida Tracker-2 va Damas to‘qnashdi
08:00 / 09.09.2024
Bunyodkor shohko‘chasida 27 yoshli haydovchi urib yuborgan piyoda vafot etdi
13:11 / 02.04.2024
«Bunyodkor» Rivaldo va Denilson ishida bir necha yillik kelishuvga erishilganini e’lon qildi
21:00 / 02.03.2024