Sport | 08:26 / 24.11.2019
8993
2 daqiqa o‘qiladi

Yilning eng yaxshi yengil atletikachilari e'lon qilindi 

Dalayla Muhammad Foto: Getty Images /Matthias Hangst

Yengil atletika federatsiyalari xalqaro assotsiatsiyasi (World Athletics) yilning eng yaxshi yengil atletikachilarini e'lon qildi. Ayollar o‘rtasida bu nomga amerikalik yuguruvchi Dalayla Muhammad, erkaklar o‘rtasida esa keniyalik marafonchi Eliud Kipchoge sazovor bo‘ldi.

29 yoshli Muhammad 2019 yilda Dohada o‘tgan jahon chempionatida 2 ta oltin medal qo‘lga kiritdi hamda to‘siqlar bilan 400 metrga yugurishda yangi jahon rekordi o‘rnatdi. Kipchoge ikkinchi marta World Athletics sovrindori bo‘ldi. 35 yoshli sportchi joriy yilda Londondagi marafonda g‘olib bo‘lgan hamda marafonni 2 soatdan kamroq vaqt ichida (1:59.40,2) bosib o‘tishga muvaffaq bo‘lgan tarixdagi ilk sportchi bo‘ldi.     

World Athletics talqiniga ko‘ra, ukrainalik balandlikka sakrovchi Yaroslava Moguchix va efiopiyalik yuguruvchi Selemon Barega eng yaxshi yosh yengil atletikachilar deb topildi. 18 yoshli Moguchix jahon chempionatida kumush medalni, 19 yoshli Barega esa 5000 metrga yugurishda kumush medalni qo‘lga kiritgan.

Keniyalik sportchilarga 1976 yildan murabbiylik qilib kelgan irlandiyalik Kolm O'Konnell murabbiylik xizmatlari uchun mukofot bilan taqdirlandi. Mutaxassis shu yillar davomida 25 nafar jahon chempioni va 4 nafar Olimpiya chempionini tarbiyalagan. 

 

Mavzuga oid