Jamiyat | 11:09 / 25.11.2019
7177
2 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekistonda yana 6 kishi is gazidan zaharlandi

Illyustrativ foto

O‘zbekistonda yana 6 kishi is gazidan zaharlandi. Bu haqda Kun.uz'ga Bosh prokuratura matbuot xizmati xabar bermoqda.

2019 yil 24 noyabr kuni Andijon viloyati, Ulug‘nor tumani hamda Toshkent viloyatining Oqqo‘rg‘on tumanida yashovchi 6 nafar fuqaro (2 nafar erkak, 3 nafari ayol, 1 nafari voyaga yetmagan qiz) gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda xavfsizlik qoidalariga rioya qilmaganliklari oqibatida is gazidan zaharlanib, o‘zlarini noxush his qilib, shifoxona yotqizilgan. 

Ushbu holatlar yuzasidan prokuratura organlari tomonidan tergovoldi tekshiruv harakatlari olib borilmoqda.   

«Hurmatli fuqarolar! Bunday ko‘ngilsiz hodisalarni oldini olish maqsadida gaz uskunalaridan va isitish moslamalaridan foydalanishda yong‘in va xavfsizlik talablariga qat'iy rioya qilishingizni so‘raymiz», - deyiladi Bosh prokuratura xabarida.

Bundan oldin, Jizzax viloyatidagi IIB binosida qurilish ishlarini amalga oshirayotgan 7 ishchi is gazidan zaharlanib vafot etgandi.

Mavzuga oid