Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qora dengizda 14 ming qo‘y cho‘kib ketdi
Ruminiya sohillari yaqinida, Qora dengizda 14 mingdan ko‘proq qo‘yni olib ketayotgan kema ag‘darilib ketdi. Bu haqda “Bi-Bi-Si” telekanali xabar berdi.

Palau bayrog‘i ostida harakatlangan Queen Hind kemasi 24 noyabrda Midiya portidan chiqqandan ko‘p o‘tmay noma'lum sababga ko‘ra ag‘darilib ketgan. Oqibatda kemada qafaslarda ushlangan qo‘ylar suv ostiga ketgan. Bir nechagina qo‘y suv sirtiga chiqishga muvaffaq bo‘lgan va ularni suvdan qutqaruvchilar chiqarib olishgan.
Kemada 22 dengizchi bo‘lib, ularning barchasi suriyalik bo‘lgan. Ularga jarohat yetmagan, faqatgina bir dengizchi sovqotish alomatlari bilan shifoxonaga yetkazilgan.
Kema Saudiya Arabistonining Jidda shahriga yo‘nalayotgan bo‘lgan.
Mavzuga oid
11:56 / 28.05.2025
Sariosiyoda 300 bosh qo‘y jarlikka qulab nobud bo‘ldi
22:17 / 10.04.2025
Qora dengiz sohillaridan 100 dan ortiq o‘lik delfin topildi
11:40 / 05.04.2025
Rossiyada Qora dengizda mazut to‘kilishidan yetkazilgan zarar baholandi
10:30 / 20.01.2025