Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiyada bir tomchi qondan 10 dan ko‘proq turdagi saratonni aniqlash usuli ishlab chiqildi
Ushbu usul saratonning erta bosqichlaridayoq ham samaralidir. Tahlil o‘tkazish uchun bor-yo‘g‘i bir tomchi qon va 2 soatcha vaqt talab etiladi.
Toshiba korporatsiyasi qon orqali saratonni 99 foizlik aniqlik bilan topishga imkon beruvchi onkologik kasalliklarni tashxislash usulini ishlab chiqdi.
Ta'kidlanishicha, usul negizida saraton hujayralari qonga ajratuvchi mayda kodlamaydigan RNK molekulalari turlari va miqdorini aniqlash yotadi.
Tahlil o‘tkazish uchun portativ qurilma ishlab chiqildi. Test saratonning 13 turini, jumladan oshqozon, ko‘krak, jigar, qizilo‘ngach, oshqozonosti bezi, ichak, siydik qopi va boshqa saratonlarni aniqlashga imkon beradi.
Kompaniyada zarur sinovlar o‘tkazilgach, bir necha yildan keyin yangi usul keng qo‘llanishiga umid qilinmoqda.
Mavzuga oid
15:23 / 25.05.2025
Jo Bayden saratonga chalingani e’lon qilinganidan keyin birinchi marta omma oldida ko‘rinish berdi
15:30 / 22.05.2025
Bolalar saratoniga qarshi kurashish bo‘yicha milliy strategiya amalga oshiriladi
19:09 / 19.05.2025
Bayden saratonga chalingani haqidagi xabarlarga izoh berdi
09:57 / 19.05.2025