O‘zbekiston | 19:30 / 28.11.2019
24525
3 daqiqa o‘qiladi

Onlayn pul o‘tkazmalari bo‘yicha «Sberbank» va «Agrobank» hamkorligi yo‘lga qo‘yildi

27 noyabr kuni «Hyatt regency» mehmonxonasida Agrobank tomonidan respublikamizda birinchi bo‘lib yo‘lga qo‘yilgan «Sberbank-Agrobank onlayn pul o‘tkazmalar» yangi xizmat turi taqdimoti bo‘lib o‘tdi.

Mazkur loyiha Rossiya va O‘zbekistondagi ikkita yirik banklar – Agrobank va Sberbank hamkorligida ishlab chiqilgan. Bundan buyon pul yuborish yoki olish uchun bank filiallariga borishi shart emas – Rossiyadan O‘zbekistonga 24 soat davomida hamda dam olish kunlari ham pul jo‘natish mumkin!

«Endilikda bu jarayon avtomatlashtirilgan bo‘lib, Rossiyadagi barcha Sberbank filiallarida va «Sberbank Onlayn» mobil ilovasi orqali amalga oshiriladi va mablag‘lar mobil ilova orqali Rossiya rublini avtomatik ravishda oluvchining, ya'ni «Agrobank»ning «Humo» plastik kartasiga so‘mda onlayn tarzda o‘tkazib beriladi», - dedi Agrobank Boshqaruvchi direktori - Boshqaruv rais o‘rinbosari Azamat To‘rayev.

O‘zbekistonga pul jo‘natish uchun nima qilish kerak?

  • O‘zbekistondagi qabul qiluvchining telefon raqami kiritiladi;
  • rublda kerakli summa ko‘rsatiladi;
  • avtomat tarzda telefon raqamiga bog‘langan so‘m plastik kartasining hisobiga mablag‘ onlayn o‘tkazib beriladi.

Shuningdek, qabul qilib oluvchida Agrobankning «Humo» plastik kartasi bo‘lishi kerak. Bunda, rublda qabul qilib olingan mablag‘ avtomat tarzda so‘m plastik kartaga konvertatsiya qilinib, o‘tkazib beriladi.

Qancha komissiya olinadi?

Ushbu xizmatdan foydalanganda o‘tkazilayotgan summaning 1%i miqdorida komissiya olinadi.

O‘zbekistondan Rossiyaga pul yuborish mumkinmi?

Hozirgi vaqtda «P2P» xizmati yordamida mablag‘larni Agrobank plastik kartalaridan Sberbank plastik kartalariga o‘tkazish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda, kelgusida ushbu imkoniyat ham yaratiladi.

Shuningdek, tez orada ushbu xizmatni «Agrobankmobile» mobil ilovasi yordamida ham amalga oshirish mumkin bo‘ladi.

Kartadagi pullarni qayerlarda ishlatish mumkin?

Tushgan pullarni xuddi oddiy kartadagidek bemalol ishlatish mumkin. Masalan, 250 mingdan ortiq shoxobchalarda savdo qilish, Agrobankning 520 dan ortiq bankomatlaridan naqd pul yechib olish yoki bo‘lmasa «Agrobankmobile» ilovasidan foydalanib to‘lovlarni amalga oshirish mumkin.

Ko‘pchilikka sir emas, Rossiyadagi yurtdoshlarimizning katta qismi Sberbank kartalaridan foydalanadi. Shunga ko‘ra, ushbu xizmat musofir yurtdagi vatandoshlarimizga anchayin asqotadi degan umiddamiz.

«Agrobank» ATB matbuot xizmati

Mavzuga oid