Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yosh Motsartning portreti 4 million yevroga sotildi
Parijda Christie's auksionida 13 yoshli Volfgang Amadey Motsartning portreti to‘rt million yevroga sotildi.
Portret 1770 yilda Venetsiya respublikasi amaldori Petro Lujatining buyurtmasi bilan chizilgan.
Parijdagi Christie's auksioni filialining qadimiy kartinalar bo‘limi direktori Astrid Sentnerning aytishicha, portret muallifi aniqlanmagan.
Portret 1788 yilgacha Lujatida saqlangan, so‘ngra Verona filarmoniya akademiyasi ixtiyoriga o‘tgan.
Portretning dastlabki narxi 800 ming yevro deb baholangandi.
Mavzuga oid
10:12 / 24.03.2025
Tramp AQSh prezidenti portretlari galereyasidagi o‘z portretidan norozi bo‘ldi
16:10 / 21.09.2024
Germaniyada Motsartning ilgari noma’lum bo‘lgan asari topildi
14:40 / 20.05.2019
Zelenskiy amaldorlardan ish kabinetlariga uning suratlarini qo‘ymasliklarini so‘radi
17:37 / 26.03.2019