Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yaponiya AQSh harbiy mashg‘ulotlarini o‘tkazishi uchun 146 mln dollarga orol sotib oladi
Yaponiya hukumati AQSh harbiy mashg‘ulotlari o‘tkazilishi uchun hech kim yashamaydigan xususiy orolni 146 mln dollarga sotib olishga rozi bo‘ldi. Bu haqda mamlakat vazirlar mahkamasi bosh kotibi Yosixide Suga ma'lum qildi.
Uning so‘zlariga ko‘ra, Kagosima prfekturasidagi Magesima orolini sotib olish bo‘yicha 29 noyabr kuni kelishuvga erishilgan.
Orolda AQSh harbiy mashg‘ulotlari uchun obekt qurilishi "yaqin vaqt ichida" boshlanadi, dedi hukumat bosh kotibi.
Hozirda AQSh harbiy-havo kuchlarining mashg‘ulotlari Tokiodan 1,2 ming km uzoqlikda joylashgan Ivodzima orolida o‘tkazilmoqda. Vashington Ivodzima AQShning Ivakuni shahridagi harbiy bazasidan uzoq masofada ekanligi sababli mashg‘ulotlar o‘tadigan joyni o‘zgartirishni talab qilgandi.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025