Jahon | 18:30 / 04.12.2019
10684
1 daqiqa o‘qiladi

2018 yilda tabiiy ofatlardan eng ko‘p zarar ko‘rgan davlatlar ma'lum qilindi

Foto: AP Photo / Aaron Favila

Yaponiya, Filippin va Germaniya tabiiy ofatlardan eng ko‘p zarar ko‘rgan mamlakatlar bo‘ldi. Bu haqda mustaqil ekspertlarning Germanwatch Climate Risk Index 2020 yillik hisobotida ma'lum qilindi.

Hisobot tabiiy ofatlarning mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy yo‘nalishlariga qanday ta'sir qilgani baholangan ishonchli ma'lumotlar asosida tayyorlangan.

"Yaponiya, Filippin va Germaniya 2018 yilda tabiiy ofatlardan eng ko‘p zarar ko‘rgan mamlakatlar orasida yetakchi bo‘ldi", - deyiladi hisobotda.

Hisobot mualliflarining ma'lum qilishicha, eng ko‘p zarar ko‘rgan mamlakatlar o‘nligiga shuningdek, Madagaskar, Hindiston, Shri-Lanka, Keniya, Ruanda, Kanada va Fiji kirdi. 

Mablag‘ ko‘rinishida eng ko‘p zararni Hindiston va Yaponiya ko‘rgan (37 va 35 milliard dollar). Eng ko‘p o‘lim holati Hindistonda qayd etilgan - 2081 kishi, Germanii va Yaponiya keyingi o‘rinlarda - 1,2 mingdan ortiq.

Mavzuga oid