Ukraina vs Qozog‘iston: To‘qayevning Qrim bo‘yicha bayonoti jiddiy mojaroni keltirib chiqarishi mumkin
Ukraina prezident Qosim-Jo‘mart To‘qayev Qrim Rossiya tomonidan bosib olinganini rad etgani munosabati bilan Qozog‘istonga namoyishkorona diplomatik harakat (demarsh) bilan chiqadi. Bu haqda Ukraina Tashqi ishlar vazirligi matbuot kotibi Yekaterina Zelenkoning bayonotida aytiladi, deb yozmoqda UNIAN.
«Ommaviy axborot vositalarida Qozog‘iston Respublikasi prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev Ukrainaga tegishli Qrim Rossiya tomonidan bosib olinganini rad etishi bilan bog‘liq bayonotlari to‘g‘risida tarqalgan xabarlardan chuqur tashvishdamiz», - deyiladi Ukraina TIV bayonotida. Xususan, Zelenkoning ta'kidlashicha, Ukraina doimo Qozog‘istonni o‘zining sherigi va do‘sti sifatida ko‘rib kelgan.
«O‘zaro ishonch tamoyillari, mustaqillik, davlat suvereniteti, hududiy yaxlitlik va chegaralar daxlsizligini hurmat qilish, tenglik va bir-birining ichki ishlariga aralashmaslik, shuningdek, Ukraina va Qozog‘iston Respublikasi o‘rtasidagi davlatlararo munosabatlarning asosini tashkil etuvchi xalqaro huquq normalariga qat'iy rioya qilish.
Ushbu mezonlar 1994 yilda imzolangan Do‘stlik va hamkorlik to‘g‘risidagi shartnomada mustahkamlangan, shundan beri davlatimiz ularga qat'iy rioya qilib kelgandi», - deya ma'lum qildi Zelenko.
Matbuot kotibining qayd etishicha, To‘qayevning so‘zlari nafaqat Ukraina-Qozog‘iston munosabatlarining yuqorida keltirilgan prinsiplariga, balki BMT Bosh assambleyasining 2014 yil 27 martdagi «Ukrainaning hududiy yaxlitligi» nomli rezolyutsiyasida qayd etilgan xalqaro pozitsiyaga ziddir.
«Qozog‘iston prezidenti bunday bayonotlarni har ikki tomon a'zo bo‘lgan tashkilot - YeXHT vazirlar uchrashuvi arafasida bergani juda afsuslanarli. Helsinki yakuniy aktiga ko‘ra, YeXHTning asosiy prinsiplaridan biri bu - davlatlar suvereniteti va hududiy yaxlitligini hurmat qilish», - deyiladi bayonotda. Shu munosabat bilan bildirilishicha, «tegishli namoyishkorona diplomatik harakat Qozog‘iston tomoniga yetkaziladi».
Avvalroq, Germaniyaning Deutsche Welle nashriga bergan intervyusida Qozog‘iston prezidenti Qosim-Jo‘mart To‘qayev «Qrimda ro‘y bergan voqealarni» anneksiya (bosib olish) deb hisoblamasligini aytgandi. Uning so‘zlariga ko‘ra, Qozog‘iston doimo «Rossiya rahbariyatining oqilligiga» ishongan.
Mavzuga oid
01:24
Oq uy Ukrainaga Rossiya hududiga ATACMS raketalarini qo‘llashga ruxsat berganini tasdiqladi
21:25 / 25.11.2024
Kurskka yana ATACMS uchdi. Navbat «Oreshnik»gami?
18:32 / 25.11.2024
Le Monde: Yevropa mamlakatlari yana Ukrainaga qo‘shin yuborish ehtimolini muhokama qilmoqda
17:43 / 25.11.2024