Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
150 ming dona pirotexnika vositalarining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi
Pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasi bilan bog‘liq huquqbuzarlik holatlari bojxonachilar tomonidan o‘z vaqtida to‘xtatib qolinmoqda.
Xususan, kuni kecha Qashqadaryo viloyat bojxona boshqarmasi Kontrabanda va bojxona qonunchiligi buzilishiga qarshi kurashish bo‘limi xodimlari tomonidan viloyat Ichki ishlar boshqarmasi xodimlari bilan hamkorlikda Qarshi shahrida pirotexnika vositalarining noqonuniy aylanmasiga qarshi tezkor tadbir o‘tkazildi. Bu haqda Davlat bojxona qo‘mitasi axborot xizmati xabar bermoqda
Tezkor tadbir davomida fuqaro G. B. shartli xaridorga jami 47,3 ming dona pirotexnika vositalarini sotayotgan vaqtida tadbir ishtirokchilari tomonidan qo‘lga olindi.
Shuningdek, yana bir holatda fuqaro M.E.ning Qarshi shahridagi yashash xonadoni belgilangan tartibda xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirildi.
Natijada, ushbu xonadonning yerto‘lasida 99 ming donadan ortiq pirotexnika vositalari noqonuniy ravishda saqlab kelinayotganligi aniqlandi.
Qarshi shahrida o‘tkazilgan yana bir tezkor tadbir davomida, fuqaro
B.J. 240 dona pirotexnika vositalarini pullayotgan vaqtda tadbir ishtirokchilari tomonidan to‘xtatib qolindi.
Hozirda yuqoridagi mazkur holatlar yuzasidan tekshiruv va surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:40 / 28.05.2025
Chegaradan qariyb 40 kg zargarlik buyumlari noqonuniy olib o‘tilishiga chek qo‘yildi
21:27 / 23.05.2025
O‘zbekiston va Qozog‘iston 4 ta chegara postida yuk avtomobillari harakatini yo‘lga qo‘ymoqchi
22:43 / 20.05.2025
DXX Qozog‘istondan olib kirilgan 1 mln dollarlik sintetik giyohvandlik vositalarini aniqladi
09:10 / 07.05.2025