Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Lokomotiv» yangi bosh murabbiyni tayinladi
«Lokomotiv» klubi Andrey Fyodorovni bosh murabbiy etib tayinladi.
48 yoshli mutaxassis bu lavozimda Xitoyning «Changchung Yatay» klubiga o‘tib ketgan Samvel Babayanning o‘rnini egalladi.
Qayd qilish joizki, Andrey Fyodorov 2019 yilgi mavsumni aynan «Lokomotiv»da boshladi va jamoa uning qo‘l ostida O‘zbekiston Superkubogida g‘olib chiqdi, shuningdek Osiyo Chempionlar Ligasi guruh bosqichida ishtirok etdi. Superliga doirasida mutaxassis 13-turgacha ishlab, qoniqarsiz natijalar tufayli iste'foga chiqarildi.
Eslatib o‘tamiz, Fyodorov murabbiylik faoliyatini 2012 yilda Rossiyaning «Rubin» klubi bolalar jamoasida boshladi. 2014-2015 yillarda «Neftchi»da bosh murabbiy yordamchisi, 2015-2017 yillarda bosh murabbiy bo‘lib ishladi. 2018 yilda esa «Lokomotiv» bosh murabbiyi bo‘ldi.
Mavzuga oid
22:55 / 13.10.2022
O‘zbekiston milliy jamoasining sobiq futbolchisi Moskvaning «Lokomotiv» klubini boshqaradi
09:27 / 04.08.2020
Chempionlik smetasi, maoshni dollarga chaqadigan futbolchilar va xususiylasha boshlagan «Lokomotiv» haqida To‘labek Akramov bilan ochiq suhbat
18:20 / 02.03.2020
Vadim Afonin «Lokomotiv»ga o‘tdi
17:08 / 21.01.2020