Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Bishkek Xabarovskda Qirg‘iziston fuqarolarining kaltaklanishi yuzasidan norozilik bildirdi
Rossiyaning Bishkekdagi elchixonasi maslahatchisi Vadim Chekmazov Qirg‘iziston TIVga chaqirtirildi, Bishkek Moskvani Xabarovskda Qirg‘iziston fuqarolarining kaltaklanishi bo‘yicha aybdorlarni javobgarlikka tortishga chaqirdi, deb ma'lum qildi Qirg‘iziston tashqi ishlar mahkamasi.
Bayonot berilishicha, Qirg‘iziston TIV Rossiya huquqni muhofaza qilish organlari xodimlarining noqonuniy harakatlariga nisbatan keskin norozilik bildiradi. Vazirlikning ma'lum qilishicha, maxsus bo‘linma xodimlari Xabarovskdagi Qirg‘iziston fuqarolariga nisbatan qo‘pol jismoniy kuch ishlatgan va haqorat qilgan.
Qirg‘iziston OAVning ma'lumot berishicha, 12 dekabr kuni Xabarovskda maxsus bo‘linma xodimlari reyd davomida "IP Vasilev" kompaniyasining avtobus parkidan Markaziy Osiyodan bo‘lgan 73 nafar migrant haydovchini olib ketishgan. Ularning aksariyati Qirg‘iziston va Tojikiston fuqarolari bo‘lgan.
13 dekabr kuni Xabarovskdagi Qirg‘iziston konsulxonasiga 15 nafar fuqaro murojaat qilib, maxsus bo‘linma xodimlari kaltaklaganligini xabar qilgan. Ikki nafar fuqaro kasalxonaga yotqizilgan.
Mavzuga oid
20:35 / 27.05.2025
Moskvada shaharni bilmagan taksi haydovchilari jarimaga tortiladi
18:10 / 27.05.2025
Rossiyada mushtlashuvdan keyin 11 nafar o‘zbekistonlik hibsga olindi
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
17:55 / 23.05.2025