O‘n yillikning eng ko‘p yuklab olingan dasturlari reytingi e'lon qilindi
App Annie kompaniyasi tahlilchilari foydalanuvchilar orasida qaysi dasturlar va o‘yinlar 2010-2019 yillar davomida eng talabgir bo‘lganini aniqlashdi. O‘n yillik natijalariga ko‘ra, bu borada messenjerlar yetakchilik qilmoqda.
Eng ko‘p yuklanuvchi dasturlar ro‘yxatida Facebook, Facebook Messenger va WhatsApp dasturlari yetakchilik qilmoqda. Ro‘yxatning yuqori beshtaligidan Instagram va Snapchat dasturlari ham joy olgan.
O‘n yillikning eng ommabop o‘yini Subway Surfers bo‘lgan. Bu borada 2-o‘rinni Candy Crush Saga, 3-o‘rinni Temple Run 2 dasturlari egallagan. Yetakchi beshtalikdan My Talking Tom va Clash of Clans o‘yinlari ham joy olgan.
Shuningdek, eng serdaromad dasturlar reytingi ham tuzilgan. Unda Netflix striming xizmati yetakchilik qilmoqda. 2-o‘rinni tanishuvlar dasturi Tinder, 3-o‘rinni Pandora Music egallagan.
Mavzuga oid
15:13 / 01.12.2021
IT’ga qiziquvchi qizlar uchun mentorlik dasturi e'lon qilindi: unda grant yutish imkoniyati bor
22:09 / 10.09.2018
Saudiya Arabistoni: Messenjerlardan foydalanishda haddidan oshganlar jazolanadi
23:10 / 03.04.2018
Messenjerlardagi yozishmalarni o‘g‘irlovchi virus aniqlandi
09:06 / 26.08.2017