O‘zbekiston | 10:27 / 17.12.2019
45106
2 daqiqa o‘qiladi

Sherzod Shermatov ta'lim sohasidagi eng katta muammoni aytdi

Foto: Xalq ta'limi vazirligi axborot xizmati

O‘zbekiston Elektron ommaviy axborot vositalari milliy assotsiatsiyasining «Zarafshon» zali Media hall’ida «Yangi O‘zbekiston - yangi saylovlar» munozara klubining navbatdagi tadbiri bo‘lib o‘tmoqda.

«Kelajak avlodlar manfaati uchun barqaror rivojlanish: iqtisodiy ustuvorliklar» mavzusidagi tadbirda hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, infratuzilma, kichik biznes va oilaviy tadbirkorlikni rag‘batlantirish, iqtisodiyotda davlat ulushini kamaytirish, davlat korxonalari samaradorligini oshirish, investitsion muhitni yaxshilash kabi masalalar yuzasidan fikr almashilmoqda.

Xalq ta'limi vaziri Sherzod Shermatovning ma'lum qilishicha, O‘zbekiston hozirgi kunda og‘ir mahsulotlarni emas, balki xizmatlarni eksport qilishga e'tibor qaratishi lozim.

«Biz og‘ir mahsulotlarni emas, balki xizmatlarni eksport qilishga e'tibor qaratishimiz lozim. Bolalarni axborot texnologiyalari, ingliz tiliga qiziqtirish kerak. Shunda fuqarolarning boshqa davlatga ko‘chib o‘tishiga hojat qolmaydi. Ular O‘zbekistonda turib, ingliz tilini bilgan holda, chet elga xizmatlarni eksport qilishi mumkin bo‘ladi. Ertaga maktabdan keyin ham ish topishga qiynalmaydi. 

Ta'lim sohasidagi eng katta muammo - rahbar kadrlar yetishmasligi. Fidoyi, yaxshi maktab direktorlarini topishga qiynalyapmiz. Bu ta'lim sohasidagi mutaxassislarning pul topish darajasi boshqa sohadan orqada bo‘lgani bilan ham bog‘liq edi», - deydi Sherzod Shermatov.

Mavzuga oid