Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
AQSh Davlat departamenti byurosi O‘zbekistonda tuhmat uchun qamoq jazosi bekor qilinishi rejasini olqishladi
AQSh Davlat departamenti Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari byurosi o‘zining tvitterdagi sahifasida O‘zbekiston prezidentining tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum qilish normasini bekor qilishga qaratilgan topshiriqlarini olqishlab chiqdi.
Welcome #Uzbekistan’s plans to end imprisonment for libel & slander. As @President_UZ says, the press is a mirror reflecting work of govt. Democracy requires free press. We hope the new law will meet int'l norms to allow thorough, independent reporting w/out fear of reprisals.AGW
— State_SCA (@State_SCA) December 17, 2019
«Biz O‘zbekistonda tuhmat uchun qamoq jazosi bekor qilinishi rejasini olqishlaymiz. Mamlakat prezidenti aytganidek, matbuot - hukumat faoliyatining ko‘zgusi. Demokratiya erkin OAV talab qiladi. Umid qilamizki, yangi qonun xalqaro me'yorlarga mos ravishda hech qanday qo‘rquvsiz izchil va mustaqil axborot berishni kafolatlaydi», deyiladi departamentning Janubiy va Markaziy Osiyo ishlari byurosi xabarida.
Bundan avvalroq O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Konstitutsiya va qonun ustuvorligini ta'minlashga qaratilgan qaror imzolagan, unga ko‘ra tuhmat va haqorat uchun ozodlikdan mahrum qilish bilan bog‘liq bo‘lgan normani bekor qilish, jurnalistlarni davlat organlari va mansabdor shaxslarning noqonuniy harakatlari yoki qarorlaridan himoya qilish bo‘yicha topshiriqlar berilgandi.
Keyinroq Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi direktori Komil Allamjonov bu qarorni izohlab, mansabdor shaxslarning jurnalistlarga nisbatan noqonuniy xatti-harakatlari va qarorlaridan himoya qilish tizimi kuchaytirilishini ma'lum qildi.
Mavzuga oid
16:03 / 12.07.2024
Jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘ining yarmini tuman budjetida qoldirish masalasi ko‘rib chiqiladi
14:15 / 12.07.2024
Quvasoydagi 12 ming gektar yeri bo‘lgan 616 ta fermerning yer solig‘i yarmiga kamaytiriladi
14:08 / 12.07.2024
“Kambag‘allikni qisqartirish va ijtimoiy himoya Ijtimoiy himoya agentligi tizimida bo‘ladi” – prezident
08:25 / 12.07.2024