Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Quvasoydagi 12 ming gektar yeri bo‘lgan 616 ta fermerning yer solig‘i yarmiga kamaytiriladi
Shuningdek, viloyat bog‘bon-tadbirkorlarining meva-sabzavotni saqlash, saralash va qayta ishlash loyihalariga xorijiy valutada olingan mablag‘larning 6 foizgacha qismi qoplab beriladi.
Prezident Shavkat Mirziyoyev Farg‘ona viloyatiga tashrifi chog‘ida Quvada Farg‘ona viloyatini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish bo‘yicha ustuvor vazifalar yuzasidan yig‘ilish o‘tkazmoqda.
Viloyatdagi yirik bog‘bonlarning yerida 50-100 tonnalik muzlatkichli ombor tashkil qilish taklifi qo‘llab-quvvatlandi. Buni hisobiga ularni eksport salohiyati 2 karra oshadi, yo‘qotishlar 25 foizga qisqaradi, 4 mingta yangi ish o‘rni yaratiladi.
Bundan tashqari, O‘zbekiston, Rishton, Beshariq, Bog‘dod tumanlarida joriy yilda har biri 10 ming tonnalik saqlash, saralash va qayta ishlash quvvatlarini ishga tushirish topshirildi.
Viloyat bog‘bon-tadbirkorlarining meva-sabzavotni saqlash, saralash va qayta ishlash loyihalariga xorijiy valutada olingan kreditlarning 6 foizgacha qismi qoplab beriladi.
Shuningdek, Quvasoydagi 12 ming gektar yeri bo‘lgan 616 ta fermerning og‘irini yengil qilish uchun yer solig‘i yarmiga kamaytirladi.
Mavzuga oid
11:02 / 23.05.2025
4 mlrd so‘mlik gazdan noqonuniy foydalangan metan zapravka aniqlandi
19:58 / 21.05.2025
Yaypanda shunday oshxona bor: Osh salat, non va choyi bilan 8 ming, sho‘rva esa 10 ming so‘m
12:13 / 06.05.2025
So‘x va Shohimardonga avtomobilda o‘tib-qaytishda muammo yuzaga keldi
15:15 / 22.04.2025