Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda qator avtobus yo‘nalishlarining harakatiga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritildi
Toshkent shahar Yunusobod tumani Ahmad Donish ko‘chasining Ahilobod ko‘chasidan Yangi shahar ko‘chasigacha bo‘lgan qismida yuzaga kelayotgan tirbandliklarni oldini olish maqsadida, 2019 yil 20 dekabrdan ushbu manzil orqali harakatlanuvchi avtobus yo‘nalishlarining harakatiga vaqtinchalik o‘zgartirishlar kiritildi.
“Toshshahartransxizmat” xabariga ko‘ra, Ahmad Donish ko‘chasining Ahilobod ko‘chasidan Yangi shahar ko‘chasigacha bo‘lgan qismidan o‘tuvchi 5, 52, 60, 72, 82, 91, 96, 97, 140, 149, 151, 152, 190-sonli yo‘nalishlardagi avtobuslarning “Yunusobod dehqon bozori” oraliq bekati tomon harakati Yunus ota ko‘chasidan A.Donish, Ahilobod, Amir Temur ko‘chalari orqali o‘tib, o‘z yo‘nalishida davom etadi.
Ushbu avtobus yo‘nalishlarining “Yunus ota” ko‘chasi tomon harakati esa Amir Temur ko‘chasidan A.Donish, Yangi shahar, Ahilobod, A.Donish, Yunus ota ko‘chalari orqali davom ettiriladi.


Yuzaga kelgan bunday noqulayliklar uchun yo‘lovchilardan uzr so‘ralgan.
Mavzuga oid
16:26 / 27.05.2025
Markaziy Osiyoning eng yaxshi shahri aniqlandi
14:30 / 27.05.2025
Poytaxt bosh rejasi interaktiv xaritada: unda nimalar aks etgan?
11:16 / 24.05.2025
Toshkentda 22 yoshli yigit ko‘chada tanishini pichoqladi
09:39 / 23.05.2025