Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Rospotrebnadzor»: Orenburgga O‘zbekistondan qizamiq infeksiyasi olib kirildi
2019 yil dekabr oyida Rossiyaning Orenburg oblastida O‘zbekistondan infeksiya olib kirilishi natijasida infeksiyaga qarshi ilgari emlanmagan bolalar va kattalar orasida qizamiq kasalligi qayd etildi. Bemorlarga yuqumli kasalliklar shifoxonasida tegishli yordam ko‘rsatilmoqda, deb xabar berdi «Rospotrebnadzor» matbuot xizmati.
«Rospotrebnadzor»ning Orenburg oblasti bo‘yicha boshqarmasi hamda Orenburg oblastidagi gigiyena va epidemiologiya federal markazi mutaxassislari tomonidan epidemiologik tekshiruv o‘tkazilmoqda va qizamiqning keyingi tarqalishining oldini olish uchun zarur bo‘lgan chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Bildirilishicha, qizamiq bilan kasallanish xavfi juda yuqori, virus havo-nafas organlari orqali o‘tishi va atrof-muhitda juda barqaror ekani tufayli deyarli barcha emlanmagan va kasal bo‘lmagan odamlar bemor bilan aloqa qilganda kasallanishadi.
Qizamiqdan himoyalanishning yagona usuli emlash ekani aytiladi.
Mavzuga oid
08:56 / 25.04.2025
O‘zbekistonni qizamiqdan xoli hudud maqomini tiklash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqildi
22:14 / 13.03.2025
JSST: Qizamiq qaytdi va bu tashvishli signal
20:18 / 12.04.2024
Orenburgda ommaviy evakuatsiya e’lon qilindi. Fotosuratlar
20:29 / 09.04.2024