JSST: Qizamiq qaytdi va bu tashvishli signal
O‘tgan yili Yevropa mintaqasida qizamiqqa chalinish bo‘yicha 127 mingdan ortiq holat qayd etildi - bu 2023 yilga nisbatan ikki barobarga ko‘p.

Foto: Shutterstock
JSST va YuNISEF tahlillariga ko‘ra, 2024 yilda Yevropa mintaqasida qizamiq bilan kasallanishga oid 127 ming 350 ta holat qayd etilgan — bu bir yil oldingi ko‘rsatkichdan ikki barobarga ko‘p demak. Shuningdek, bu 1997 yildan beri qayd etilgan eng yuqori ko‘rsatkichga aylandi.
Yevropa va Markaziy Osiyodagi 53 ta davlatni qamrab olgan mintaqada qizamiqning 40 foizdan ortig‘i besh yoshgacha bo‘lgan bolalar hisobiga to‘g‘ri kelgan. Ro‘yxatga olingan holatlarning yarmidan ko‘pida bemorlar shifoxonaga murojaat qilgan. 2025 yil 6 mart holatiga ko‘ra, qizamiqdan jami 38 kishi vafot etgan.
Mintaqada qizamiqqa chalinish hoatlari 1997 yildan beri kamayib kelayotgan edi — o‘shanda 216 ming kishida ushbu kasallik aniqlangan, 2016 yilda esa minimumga tushgan — 4 440 ta holat. Ammo 2018 va 2019 yillarda ushbu yuqumli kasallikka chalinish holatlari keskin oshdi (mos ravishda 89 ming va 106 mingta holat aniqlangan). Koronavirus pandemiyasi vaqtidagi immunizatsiyadan keyin chekingan kasallik 2023 va 2024 yilda yana ko‘paydi. Ko‘plab mamlakatlarda emlash ko‘rsatkichlari hali pandemiyadan oldingi darajaga qaytmagan, bu esa epidemiya xavfini oshirmoqda.
«Qizamiq qaytdi va bu tashvishli signal. Yuqori darajadagi vaksinatsiyasiz sog‘liqni saqlash sohasida hech qanaqa xavfsizlik yo‘q… Har bir mamlakat jamiyatda emlanish darajasini qamrab olish uchun sa’y-harakatlarini faollashtirishlari kerak», — deydi JSSTning Yevropa bo‘yicha mintaqaviy direktori Xans Anri P.Klyuge.
2024 yilda butun dunyoda qayd etilgan qizamiqning uchdan bir qismi Yevropa hisobiga to‘g‘ri kelgan. 2023 yilning o‘zida mintaqadagi 500 ming bola qizamiqqa qarshi vaksinaning birinchi dozasini olgan.
Qizamiq – yuqori yuqumlilik darajasiga ega, og‘ir kechuvchi o‘tkir infeksion virusli kasallik bo‘lib, butun yer yuzida bolalarni o‘limiga sabab bo‘ladi. Butun dunyoda shuningdek, O‘zbekistonda ham 1963 yildan boshlab qizamiqqa qarshi vaksinani sog‘liqni saqlash tizimida Milliy emlash kalendariga kiritilgan.
Mavzuga oid

19:53 / 11.03.2025
Yevropa nimadan qo‘rqmoqda: mintaqa o‘zini himoya qila oladimi?

15:23 / 07.03.2025
Zelenskiyning afsusi, Putinning talablari va so‘roq ostidagi NATO - geosiyosiy hafta tahlili

08:36 / 07.03.2025
Yevrokomissiya rahbari Yevropa xavfsizligi uchun «burilish nuqtasi»ni ko‘rmoqda

21:16 / 05.03.2025