Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Xorvatiyada prezident saylovlari bo‘lib o‘tadi
Xorvatiyada 22 dekabr kuni prezident saylovlari bo‘lib o‘tadi. Ushbu lavozimga 11 kishi, jumladan amaldagi prezident Kolinda Grabar-Kitarovich da'vogarlik qilmoqda.
Oxirgi jamoat fikri so‘rovnomalariga ko‘ra, saylovlarda g‘alaba qozonishga asosiy da'vogarlar Grabar-Kitarovich, Sotsial-demokratik partiya nomzodi, sobiq bosh vazir Zoran Milanovich va qo‘shiqchi Miroslav Shkoro hisoblanadi.
Mamlakat saylov komissiyasi ma'lumotlariga ko‘ra, saylovlarda 3,8 mlnga yaqin odam ishtirok etish huquqiga ega.
Xorvatiya prezidenti bir muddatga qayta saylanish huquqi bilan 5 yilga saylanadi. Agar nomzodlardan birortasi 1-turda 50 foizdan ko‘proq ovoz to‘play olmasa, 14 kundan keyin 2-tur bo‘lib o‘tadi va unda 1-turda eng ko‘p ovoz to‘plagan ikki nomzod ishtirok etadi.
Mavzuga oid
21:14 / 14.04.2025
Xorvatiyada og‘ir tan jarohati olgan o‘zbekistonlik vatanga qaytarildi
10:39 / 25.03.2025
O‘zbekiston va Xorvatiya migratsiya bo‘yicha hukumatlararo bitimni ishlab chiqadi
15:02 / 24.03.2025
O‘zbekiston Xorvatiya bilan qo‘shma biznes-forum o‘tkazadi
14:43 / 13.03.2025