Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
DXX xodimlari katta miqdordagi «Tramadol» va «Lirika» dori vositalari savdosiga chek qo‘yishdi
Davlat xavfsizlik xizmati Sirdaryo viloyati Boshqarmasi xodimlari tomonidan viloyat ichki ishlar boshqarmasi bilan hamkorlikda o‘tkazilgan tezkor tadbir natijasida ko‘p miqdordagi «Tramadol» dori vositasining noqonuniy savdosiga chek qo‘yildi.
Jumladan, Qo‘qon shahrida yashovchi fuqarolar P.R., P.X., M.D. va F.O. qo‘shni Qirg‘izistondan kontrabanda yo‘li bilan olib kirilgan 19 ming dona «Tramadol» tabletkasini Sirdaryo viloyatiga olib borib, Sayxunobod tumani O‘rikzor mahallasida xaridorga 8 ming AQSh dollariga sotayotgan vaqtlarida ushlandi.
Bundan tashqari, DXX Andijon viloyati boshqarmasi va viloyat ichki ishlar boshqarmasi hamkorlikda o‘tkazgan tezkor tadbir davomida esa Andijon shahar Mangulik ko‘chasida noqonuniy faoliyat ko‘rsatayotgan «dori bozori»da muqaddam psixotrop moddalar savdosi bilan ayblanib, sudlangan fuqarolar M.O. va A.N.dan 15 turdagi jami 578 dona narkotik va psixofaol dori vositalar ashyoviy dalil sifatida olindi.
Shuningdek, «Farg‘ona - Andijon» yo‘nalishi bo‘yicha harakatlanib kelayotgan, Q.S. boshqaruvidagi «Neksiya» rusumli avtomashina Andijon shahrida to‘xtalib tekshirilganda, uning salon qismida 1680 dona «Lirika» psixofaol dori vositasi borligi aniqlanib, o‘rnatilgan tartibda rasmiylashtirib olindi.
Q.S. Qo‘qon shahridan olib kelayotgan ushbu dori vositalarini Andijon shahrida yashovchi S.S.ga yetkazishi kerak bo‘lganligi bois, tezkor tadbir davom ettirildi va S.S. tovarni qabul qilib olayotgan vaqtida ushlandi.
Hozirda barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining tegishli moddalariga asosan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
08:13 / 27.05.2025
Haj ziyoratiga yuborishga uringan shaxslar ushlandi
07:40 / 21.05.2025
DXX Qashqadaryoda 3 nafar advokatning firibgarlik harakatlarini fosh etdi
11:27 / 20.05.2025
Tojikistondan kontrabanda qilingan narkotik moddalar to‘xtatib qolindi
19:09 / 14.05.2025