Sport | 14:32 / 25.12.2019
9927
3 daqiqa o‘qiladi

Mesut O‘zil 219 nafar bolaning jarrohlik amaliyoti pulini to‘lab berdi

Foto: Getty Images

«Arsenal» yarimhimoyachisi Mesut O‘zil dunyo bo‘ylab jarrohlik amaliyotiga muhtoj bolalarga qilgan xayriyasi haqida gapirib berdi. 31 yoshli futbolchi bu haqda «instagrami»da xabar berdi.

«219 nafar bolaning jarrohlik amaliyoti o‘tkazildi, ammo hali oldinda qilinadigan ishlar talaygina. Biz, rafiqam bilan 2019 yilning iyul oyida o‘tgan nikoh to‘yimizdayoq, hali jarrohlik amaliyoti zarur bo‘lgan dunyodagi yana 1000 nafar bolaning xarajatlarini qoplab berishga kelishib olgandik.

Xayriyadan chetda qolmay, o‘z mablag‘larini ayamagan to‘yimizdagi mehmonlar, muxlis va fanatlar va bu loyihaga moddiy ko‘mak bergan barcha-barchaga minnatdorchiligimizni bildiramiz. Jarrohlik amaliyotlarida ishtirok etgan xalqaro tibbiyot guruhlariga ham rahmat.

Bu hali boshlanishi! Biz olg‘a borishda davom etamiz va 2020 yilda ham bunday yordamga muhtoj bo‘lgan yuzlab bolajonlarga yordam qo‘lini cho‘zamiz» - deya yozadi «Arsenal» yarimhimoyachisi Mesut O‘zil.

 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 
 

219 operations are already done, but there’s still many more to come going forward! As my wife @gulseamine and I announced before our wedding in June 2019, we're covering the coss of another 1,000 life-changing surgeries for children in need around the world. A big thank you goes out to @big.shoe11 for the amazing co-operation over the last couple of years. Thank you to every single wedding guest, fan and follower who has donated towards this project, and a special thank you to all the amazing international medical teams that are involved. This is just the start! Let’s look forward to 2020, and help hundreds of other children in need all together. ❤ #M1Ö

A post shared by Mesut Özil (@m10_official) on

Mavzuga oid