Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Mesut O‘zil futbolchilik faoliyatini yakunladi
Germaniya milliy jamoasi sobiq futbolchisi Mesut O‘zil futbolchilik faoliyatini yakunlaganini rasman e’lon qildi. U bu haqda ijtimoiy tarmoqlardagi sahifalarida ma’lum qilgan.
34 yoshli yarimhimoyachi joriy yilgi mavsumni Turkiyaning «Istanbul Beshakshehir» klubida o‘tkazayotgan edi. O‘zil klubi safida bu mavsum bor-yo‘g‘i 5 o‘yinda maydonga tushgandi.
Germaniyalik futbolchi 8 yillik faoliyatidan keyin 2021 yil «Arsenal» bilan xayrlashgach, so‘nggi ikki mavsumni «Fenerbaxche» va «Istanbul Beshakshehir» klublarida o‘tkazdi.
Eslatib o‘tamiz, O‘zil 2014 yil Germaniya milliy jamoasi safida jahon chempioni bo‘lgandi. JCh-2010da esa bronza medaliga ega chiqqan. U «Shalke», «Verder», «Real» klublari safida ham to‘p surgan.
Mavzuga oid
14:32 / 25.12.2019
Mesut O‘zil 219 nafar bolaning jarrohlik amaliyoti pulini to‘lab berdi
12:31 / 17.12.2019
Xitoyda O‘zilning nomi internet qidiruvlardan o‘chirildi, rasmiy OAVlarda u haqda yozish taqiqlandi
18:00 / 15.12.2019
O‘zilning so‘zlaridan keyin Xitoyda «Arsenal» - «Manchester Siti» o‘yini translatsiyasi bekor qilindi
16:20 / 15.12.2019