Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Shavkat Mirziyoyev: «O‘zini hurmat qilgan inson Abdulla Qodiriyni bir emas, bir necha marta o‘qigan bo‘ladi»
O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 26 dekabr kuni Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabiga tashrifi davomida yozuvchi va shoirlar, adabiyotshunos olimlar, yosh ijodkorlar bilan muloqot qildi.
«Bitta narsani hammamiz bilishimiz kerak. Adabiyotsiz iqtisodiyot ham, ma'naviyat ham bo‘lmaydi. O‘zini hurmat qilgan inson Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar»ini bir emas, bir necha marta o‘qigan bo‘ladi. Nega desangiz, uni o‘qigan odam hech qachon oilaga xiyonat qilmaydi, kerak bo‘lsa vatanga xiyonat qilmaydi.
Jadid bobolarimiz Fitrat, Cho‘lpon, Abdulla Qodiriy, Behbudiy, Munavvarqori... Ular imorat qurmagan, o‘ziga boylik izlamagan. Bittayu bitta xazina — ne mashaqqat bilan topgan pullariga kutubxona qurganlar. Shu «Turon» kutubxonasini ham o‘zlarining mablag‘lariga qurib, mana shu elimizga, kerak bo‘lsa, o‘zligimizga namoyon qilib, tirik haykal qilib ketgan desak to‘g‘ri bo‘ladi.
Bu kutubxona namuna bo‘lishi kerak. Bu kutubxonada ma'rifat nuri bizga har tomonlama yangi-yangi zafarlar, natijalarga madadkor bo‘lishi kerak. Bu kutubxonaning nuri hammamizga kuch-quvvat berib turishi kerak.
37-yil nima uchun jadidlarga hujum bo‘lgan? Agar ular hayot bo‘lib, qatag‘on bo‘lmaganda edi, hozir O‘zbekistonning rivojlanishi mutlaqo boshqa yo‘lda bo‘lardi. Men bunga ishonaman, buning tagida hamma asoslar bor.
Agar ziyolilarimiz, yozuvchilarimiz, adabiyotshunoslarimiz qalami bilan hozirgi adolatni qo‘rqmasdan yozsa, Abdulla Qodiriylar, Cho‘lponlar, Fitratlar ruhi shod bo‘ladi.
Vaqtlar o‘tadi. Xudo xohlasa 10-12 yildan keyin biz niyat qilgan, butun dunyo bilan kurasha oladigan yoshlar paydo bo‘ladi. Menga bunga ishonaman», deya prezidentning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
21:47 / 27.05.2025
Yuk temiryo‘l stansiyalari poytaxt hududidan ko‘chirilishi mumkin
18:33 / 05.02.2024
Prezident Parij-2024 o‘yinlaridagi natijalar tarixdagi eng yaxshisi bo‘lishi uchun zarur choralar ko‘rishni buyurdi
18:30 / 05.02.2024
Dorilar bepul ajratilsa-da, bemorlar ularni dorixonadan 10 barobar qimmat sotib olmoqda - prezident
18:13 / 05.02.2024