O‘zbekiston | 10:24 / 28.12.2019
3337
2 daqiqa o‘qiladi

Intellektual mulk agentligi budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi belgilandi

Hukumat qarori bilan Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk agentligining budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘laridan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizom tasdiqlandi.

Nizomga ko‘ra, Intellektual mulk agentligi quyidagi hisob raqamlarini ochadi:

banklarda xorijiy valutadagi hisobraqamlari, shu jumladan blok-hisob raqamlari;

g‘aznachilik bo‘linmalarida milliy valutadagi tegishli g‘aznachilik shaxsiy hisob raqamlari.

Agentlikning budjetdan tashqari jamg‘armasi mablag‘lari Moliya vazirligi g‘aznachiligida ochilgan Agentlikning shaxsiy g‘azna hisobvarag‘ida yig‘iladi.

Jamg‘arma mablag‘laridan:

Agentlikni moddiy-texnik ta'minlash;

Agentlikning bino va inshootlarini qurish, kapital va joriy ta'mirlash, jihozlash;

xodimlarni moddiy rag‘batlantirish va ijtimoiy himoya qilish;

xizmat safarlari xarajatlarini qoplash va boshqa shu kabi maqsadlar uchun foydalaniladi.

Jamg‘arma mablag‘larini sarflash Agentlik direktori tomonidan tasdiqlangan hamda o‘rnatilgan tartibda ro‘yxatdan o‘tkazilgan daromadlar va xarajatlar smetasiga muvofiq tegishli g‘azna hisob raqamlaridan amalga oshiriladi.

Mavzuga oid