Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Yamanda paradning raketa bilan o‘qqa tutilishi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi
29 dekabrda Yaman hukumat kuchlarining Ad-Dali shahridagi paradiga hujum qilinishi oqibatida 9 kishi halok bo‘ldi, yana bir necha kishi yaralandi. Bu haqda Al Arabiya telekanali xabar berdi.
Ad-Dalini nazorat qiluvchi mahalliy kuchlarning ta'kidlashicha, yangi jangchilarning o‘qishi tugashi munosabati bilan o‘tkazilgan parad vaqtida husiychilar tomonidan otilgan raketa portlagan.
Ta'kidlanishicha, qurbonlar orasida 6 jangchi va 3 bola bor. Yana 20ga yaqin kishi jarohat olgan.
Al Arabiya’ning xabar berishicha, hujumdan keyin voqea joyi yaqinida 3 husiychi jangari qo‘lga olingan.
Yamandagi qurolli ixtilof 2014 yil martidan beri davom etmoqda. Uning davomida 100 mingdan ko‘proq kishi halok bo‘lgan, millionlab odamlar o‘z uylarini tark etishga majbur bo‘lgan.
Mavzuga oid
15:41 / 15.05.2025
Isroil armiyasi yana Yaman portlarini evakuatsiya qilishga chaqirdi
20:17 / 09.05.2025
AQSh Yamandagi hujumlariga 1 mlrd dollardan ortiq mablag‘ sarfladi
18:47 / 07.05.2025
«Harri Trumen» aviatashuvchisi bortidan yana bir qiruvchi samolyot Qizil dengizga tushib ketdi
11:54 / 07.05.2025