Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Londondagi galereyada Pikassoning narxi 26 mln dollarlik kartinasiga shikast yetkazildi
Londondagi Teyt zamonaviy san'at galereyasida rassom Pablo Pikasso mo‘yqalamiga mansub asarga shikast yetkazildi. Bu haqda «Bi-bi-si» xabar bermoqda.
Xabarda aytilishicha, narxi 20 mln funt sterling (26 mln dollar) bo‘lgan «Ayol byusti» kartinasi pichoq yordamida kesib tashlangan. Bu ishni qilishda ayblanib hibsga olingan 20 yoshli Shakil Messi ayblovni rad etmoqda.
Galereyadagilarning ma'lum qilishicha, surat 1944 yilda Parijda chizilgan.
Pablo Pikasso — ispan va fransuz rassomi, haykaltarosh, grafik, teatr rassomi, keramikachi va dizayner. U hayoti davomida 20 mingga yaqin asar yaratgan.
Mavzuga oid
09:32 / 27.01.2023
Toshkent va Samarqandda Pablo Pikasso asarlari ko‘rgazmasi tashkil etilishi kutilyapti
17:37 / 26.03.2019
Niderlandiyada Pikassoning 20 yil avval o‘g‘irlab ketilgan kartinasi topildi
18:08 / 06.02.2017