Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Rossiya va Ukraina gaz tranziti bo‘yicha shartnoma imzoladi
Rossiya va Ukraina 5 kunlik muzokaralardan so‘ng Rossiya gazining 1 yanvardan Ukraina orqali tranzitini ta'minlovchi hujjatlar paketini imzoladi. Bu haqda “Gazprom” rahbari Aleksey Miller ma'lum qildi.
“Bugungi kundan boshlab ushbu hujjatlar yuridik kuchga ega bo‘ladi va 2019 yil 31 dekabrdan keyin Rossiya gazining Ukraina orqali tranzitini ta'minlaydi”, deb aytgan Miller.
Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiyning ma'lum qilishicha, shartnoma 5 yillik muddatga imzolangan. Kiyev bu muddat ichida Rossiya gazi tranzitidan 7 mlrd dollardan ko‘proq pul olishni mo‘ljallamoqda.
Uning ta'kidlashicha, hujjatda birinchi yili 65 mlrd kubmetr, qolgan 4 yilda 40 mlrd kubmetrdan gaz o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan.
Avvalroq ikki davlat gaz sohasida hamkorlik haqidagi bayonnomani imzolagandi. Unga ko‘ra, “Gazprom” Ukrainaga 2,9 mlrd dollar to‘lab bergan.
Mavzuga oid
13:11 / 28.05.2025
NYT: Rossiya Zaporijjya AESni o‘z energotizimiga ulashni rejalashtirmoqda
11:58 / 28.05.2025
Yevroittifoq 150 mlrd yevrolik SAFE mudofaa fondini tuzdi
20:37 / 27.05.2025
Kellog: Rossiya va Ukrainaning urushdagi yo‘qotishlari 1 million kishidan oshdi
20:17 / 27.05.2025