Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Kim Chen In tez orada yangi strategik qurol taqdim etishga va'da berdi
Shimoliy Koreya yetakchisi Kim Chen In Pxenyan AQShning unga dushmanona siyosati bartaraf etilmaguncha strategik qurol ishlab chiqishni davom ettirishini va tez orada yangi strategik qurolni taqdim etishini aytdi. Bu haqda Kim Chen Inning Shimoliy Koreya Mehnat partiyasi yig‘ilishidagi ma'ruzasiga iqtibos keltirgan holda “Ryonxap” axborot agentligi xabar berdi.
“Shimoliy Koreya AQShning dushmanona siyosati bartaraf etilmaguncha va Koreya yarimorolida barqaror tinchlik o‘rnatilmaguncha mamlakatni himoyalash uchun zarur bo‘lgan strategik qurolni ishlab chiqishni davom ettiradi. Tez orada biz hammaga Shimoliy Koreya ega bo‘lgan yangi strategik qurolni ko‘rsatamiz”, deb aytgan Kim Chen In yig‘ilishda.
Avvalroq Kim Chen In Shimoliy Koreya hukumati mamlakat suverenitetini ta'minlash uchun zudlik bilan faol choralar ko‘rishi kerakligini aytgan.
Shuningdek, Shimoliy Koreya tashqi ishlar vazirining AQSh bilan munosabatlarga mas'ul bo‘lgan o‘rinbosari Ri Txe Son Pxenyan AQShning ikki tomonlama muloqotni davom ettirish haqidagi so‘zlariga boshqa ishonmasligini aytgan.
Mavzuga oid
14:39 / 27.05.2025
Shimoliy Koreyada amaldor ag‘darilgan esminets tufayli hibsga olindi
20:05 / 22.05.2025
KXDRda yangi esminetsni suvga tushirish vaqtida «jiddiy avariya» yuz berdi
19:20 / 10.05.2025
Kim Chen In Rossiyani G‘arb tajovuzidan himoya qilishga va’da berdi
17:46 / 09.05.2025