Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Karlos Gon Yaponiyadan qochishiga oilasi a'zolari aloqador emasligini ma'lum qildi
Nissan avtomobilsozlik konsernining sobiq rahbari Karlos Gon Yaponiyadan Livanga qochishini o‘zi tashkillashtirgani, bunga yaqinlarining aloqasi yo‘qligini ma'lum qildi. Bu haqda Bloomberg axborot agentligi xabar berdi.
“OAVning rafiqam Karol va oilamning boshqa a'zolari Yaponiyadan ketishimga aloqadorligi haqidagi ta'kidlari yolg‘on va haqiqatga mos kelmaydi. Men ketishimni o‘zim tashkillashtirdim. Mening oilamning bunda hech qanday roli yo‘q”, deb aytilgan Gon bayonotida.
31 dekabrda Yaponiyada moliyaviy firibgarliklar uchun uy qamog‘ida ushlangan Gon Yaponiyadan Livanga qochib ketgani ma'lum qilingan. Keyinroq uning o‘zi Livanda ekanini tasdiqlagan.
The Wall Street Journal nashri vaziyatdan xabardor manbalarga asoslanib, Gonning Yaponiyadan qochishi uning yaqinlari tomonidan bir necha hafta davomida rejalashtirilgani, uning rafiqasi bunda asosiy rollardan birini o‘ynaganini ma'lum qilgan.
Ta'kidlanishicha, Gon Tokiodagi uyidan musiqa asbobi g‘ilofida olib chiqib ketilgan bo‘lishi mumkin. So‘ngra u Turkiyaga, u yerdan Livanga yetkazilgan.
Turkiyada Gonning Istanbulga kelishi yuzasidan tergov tashkillashtirilib, uning doirasida 7 kishi, jumladan 4 uchuvchi hibsga olindi.
Mavzuga oid
14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi
15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi
21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi
09:05 / 21.05.2025