Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Livan Karlos Gonning Yaponiyadan qochishiga aloqador emasligi aytildi
Livan hukumati Renault — Nissan — Mitsubishi avtomobilsozlik alyansi sobiq rahbari, uy qamog‘ida bo‘lgan Karlos Gonning Yaponiyadan Bayrutga qochishiga aloqador emasligi ma'lum qilindi. Bu haqda Livan prezidenti ishlari bo‘yicha vazir Salim Jraysati bayonot berdi.
“Livan hukumatining uning qochishiga hech qanday aloqasi yo‘q. Biz uning qochishi tafsilotlaridan bexabar bo‘lganmiz”, deb keltirgan Jraysati so‘zlarini Wall Street Journal nashri.
Uning ta'kidlashicha, Livan hukumati bu masala yuzasidan Yaponiyadan qo‘shimcha ma'lumot so‘ragan.
Tokioda uy qamog‘ida bo‘lgan Karlos Gon Yaponiyani 30 dekabrda ruxsatsiz tark etdi. Ta'kidlanishicha, u uyidan bir guruh yollanma shaxslar tomonidan kontrabas g‘ilofida yashirincha olib chiqib ketilib, so‘ngra Livanga jo‘natilgan.
Gon Yaponiyada moliyaviy firibgarliklarda ayblanib, 2020 yil mart oyida uning ustidan sud jarayoni boshlanishi kerak edi.
Mavzuga oid
21:42 / 07.04.2025
Livan Isroil bilan chegaraga 4,5 ming harbiy xizmatchisini joylashtiradi
10:59 / 23.03.2025
Isroil bir necha oylik tanaffusdan keyin yana Livan bo‘ylab zarbalar yo‘lladi
23:03 / 23.02.2025
Isroil «Hizbulloh» sobiq yetakchisining dafn marosimi vaqtida Livanga hujum qildi
23:07 / 16.02.2025