Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Alisher Usmonov boyligini kimlarga meros qilib qoldirishini aytdi
Rossiyalik milliarder Alisher Usmonov Financial Times nashriga bergan intervyusida merosxo‘rlari kimlar bo‘lishi mumkinligini ma'lum qildi.
Muxbir suhbat chog‘ida Usmonovdan meros qoldirish masalasini qanday hal qilmoqchiligi haqida so‘ragan. Milliarder bunga javoban “hayot abadiy emasligi”ni va uning yo‘lida ko‘p odamlar unga yordam berganini eslab o‘tgan.
“Shu sababli o‘z oilamga va top-menejyerlarimga aksiyalarimni berib yordam bermoqchiman”, deb aytgan Usmonov.
Milliarderning ta'kidlashicha, u boyligining yarmini yaqinlariga, ikkinchi yarmini esa bunga loyiq bo‘lgan xodimlariga berish istagida. Uning aytishicha, bu jarayonda yuqori pozitsiyada bo‘lgan barcha ishtirok etadi.
“Mening tabiatim shunaqa. Taqdir senga in'om etgani bilan bo‘lishishing lozim”, deb ta'kidlab o‘tgan rossiyalik tadbirkor.
Alisher Usmonov USM Holdings kompaniyasining asoschisi va asosiy aksiyadori hisoblanadi. Hozirda uning boyligi 12,6 mlrd dollarga baholanadi.
Mavzuga oid
20:26 / 01.04.2025
Forbes milliarderlar ro‘yxatini yangiladi: Usmonov O‘zbekiston vakili sifatida ko‘rsatilgan
16:46 / 14.03.2025
Alisher Usmonovning singlisi Gulbahor Ismoilova sanksiyalardan ozod etilgan bo‘lishi mumkin
22:38 / 14.02.2025
Telegramʼda «Alisher Usmonov aksiyasi» nomli 200 dan ortiq guruh ochib, firibgarlik bilan shug‘ullangan shaxslar ushlandi
19:54 / 08.02.2025