Jamiyat | 11:32 / 03.01.2020
10858
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda yuz bergan YTH oqibatida bir kishi halok bo‘ldi

2020 yil 1 yanvar kuni soat 08:00larda, Surxondaryo viloyati Angor tumanidan o‘tgan M-39 “Olmaota-Bishkek-Toshkent-Termiz” avtomobil yo‘lining 1425-km.da, noma'lum haydovchi noma'lum transport vositasi bilan piyoda, Angor tumanida yashagan, 1989 yilda tug‘ilgan D.A.ni urib yuborib, yo‘l-transport hodisasi joyidan yashiringan. 

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, natijada piyoda D.A. voqea joyida halok bo‘lgan. Ko‘rilgan choralar natijasida ushbu yo‘l-transport hodisasini haydovchi Qiziriq tumanida yashovchi, 1980 yilda tug‘ilgan Sh.B. o‘z boshqaruvidagi “Lasetti” rusumi avtomobilida sodir etganligi aniqlanib, shu kuni ushlangan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi haydovchining o‘z boshqaruvidagi “Lasetti” rusumli avtomobilida, yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyodani urib yuborishi oqibatida sodir bo‘lgan. Haydovchi jabrlanuvchiga yordam ko‘rsatmay hodisa joyidan ketib qolgan.

“Hurmatli haydovchilar, yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lganda shikastlanganlarga birinchi tibbiy yordam ko‘rsatish choralarini ko‘rish, tez tibbiy yordam va favqulodda qutqaruv xizmatlarini chaqirish, shoshilinch hollarda esa shikastlanganlarni yaqin oradagi davolash-profilaktika muassasasiga yo‘lakay transport vositasida jo‘natish, buning imkoni bo‘lmagan hollarda o‘z transport vositasida olib borish haydovchining majburiyatlariga kirishini unutmang”, - deyiladi ma'lumotda.

Mavzuga oid