Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Samarqand viloyatida poyezd piyodani urib ketdi
2020 yil 2 yanvar kuni soat 12:45larda mashinist, 49 yoshli M.A. boshqaruvidagi 0113-sonli yo‘lovchi poyezdini Samarqand viloyati Past Darg‘om tumani hududida, Buxoro Mintaqaviy temir yo‘l uzeliga qarashli “Maroqand-Gumbaz” bekatlari oralig‘idagi 3745-km. 7-piketida harakatlantirib ketayotgan vaqtida temir yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tmoqchi bo‘lgan piyoda, 40 yoshli X.Yu.ni urib yuborgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabarida aytilishicha, ro‘y bergan voqea natijasida piyoda X.Yu. hodisa joyida vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda va hodisa sabablari o‘rganilmoqda.
“Hurmatli fuqarolar! Sizdan temir yo‘l yaqinida harakatlanayotganingizda yoki yo‘lni kesib o‘tayotganingizda belgilangan yo‘l harakati qoidalariga rioya qilishingizni so‘raymiz”, - deyiladi Tergov departamenti ma'lumotida.
Mavzuga oid
07:39 / 22.05.2025
Tyanjin–Toshkent yo‘nalishidagi birinchi poyezd jo‘nab ketdi
08:48 / 16.05.2025
Toshkentda poyezd ustida suratga tushmoqchi bo‘lgan bolalarni tok urdi
18:00 / 25.04.2025
Toshkent-Xiva yo‘nalishida yangi poyezd vagonlari harakati yo‘lga qo‘yiladi
10:00 / 11.04.2025