Yaponiya Gonning qochishidan keyin chegarada nazoratni kuchaytirishga qaror qildi

Foto: Eugene Hoshiko / AP
Yaponiya adliya vazirligi Tokioda uy qamog‘ida bo‘lgan Renault-Nissan-Mitsubishi alyansi sobiq rahbari Karlos Gon Yaponiyadan qochib ketgandan keyin chegarada nazoratni qattiqqo‘llashtirishga ko‘rsatma berdi. Bu haqda adliya vaziri Masako Mori ma'lum qildi, deb xabar berdi Reuters axborot agentligi.
Morining aytishicha, Gon chegarani kesib o‘tgani haqida rasmiy yozuvlar bo‘lmagani sababli u mamlakatni noqonuniy tark etgan. Vazir ushbu voqea yuzasidan batafsil tergov o‘tkazishga va'da bergan.
Morining ta'kidlashicha, sud Gonning garov puli evaziga ozod qilinishi qarorini bekor qildi.
Yaponiyada sudlanishi kutilayotgan Gon 30 dekabrda Livanga qochib ketdi.
2 yanvarda Livan muxsus xizmatlari Interpoldan Gon hibsga olinishi haqida so‘rov oldi. Biroq Bayrutda Gon Tokioga berilmasligi, chunki ikki davlat o‘rtasida ekstraditsiya haqida kelishuv yo‘qligi aytilgan.
Karlos Gon Yaponiyada 2018 yil noyabrda 80 mln dollarlik daromadni yashirish ayblovi bilan hibsga olingandi. U o‘tgan vaqt ichida bir necha marta garov puli evaziga ozodlikka chiqarilgan.
Mavzuga oid

14:06 / 26.05.2025
Yaponiya bozori uchun kadrlar tayyorlash bo‘yicha ta’lim dasturlari ishlab chiqiladi

15:50 / 25.05.2025
Yaponiya kemasi Rossiya bilan bahsli orol yaqinida ogohlantirishsiz o‘t ochdi

21:15 / 21.05.2025
Yaponiya qishloq xo‘jaligi vaziri guruch haqidagi gaplaridan keyin iste’fo berdi

09:05 / 21.05.2025