Jamiyat | 09:38 / 06.01.2020
11713
2 daqiqa o‘qiladi

Surxondaryoda «Neksiya» xavfli burilishda boshqaruvni yo‘qotib daraxtga urildi, bir kishi halok bo‘ldi

Foto: IIV YHXBB axborot xizmati

2020 yil 4 yanvar kuni soat 00:30larda, Surxondaryo viloyati Jarqo‘rg‘on tumani hududidan o‘tgan M-41 “Bishkek-Dushanbe-Termiz” avtomobil yo‘lining 1588-km.da YTH sodir bo‘ldi.

IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, Denov tumanida yashovchi, 1997 yilda tug‘ilgan M.O. “Neksiya” rusumli avtomobilda rul boshqaruvni yo‘qotib, yo‘lning o‘ng tomonidagi daraxtga urilgan. Natijada haydovchi M.O. tan jarohati olib kasalxonaga yotqizilgan va yo‘lovchisi, Denov tumanida yashagan, 1972 yilda tug‘ilgan N.A. kasalxonada vafot etgan.

Dastlabki ma'lumotlarga ko‘ra, yo‘l-transport hodisasi haydovchining belgilangan tezlik me'yorlariga amal qilmaganligi va yo‘lning xavfli burilish qismida boshqaruvni yo‘qotishi oqibatida sodir bo‘lgan.

“Hurmatli haydovchilar, transport vositasini boshqarish davomida belgilangan tezlik talablariga rioya etishni unutmang, bu belgilangan manzilga xavfsiz yetib olish garovidir”, - deyiladi YHXBB xabarida.

Mavzuga oid