Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Innovatsion kardioxirurgiya va biotibbiyot izlanishlar markazi binosi quriladi
O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Innovatsion kardioxirurgiya va biotibbiyot izlanishlar markazi binosi quriladi.
Muhokama uchun e'lon qilingan prezident qarori loyihasiga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining RIKIATM Innovatsion kardioxirurgiya va biotibbiyot izlanishlar markazi binosini qurish to‘g‘risidagi taklifi ma'qullanishi mumkin.
Mazkur obekt qurilishi va jihozlanishi bo‘yicha quyidagilar:
Sog‘liqni saqlash vazirligining “Tibbiyot qurilish injiniring kompaniya” DUK – buyurtmachi;
“Tashgiprogor” AJ – loyihachi;
“O’zpromholodmontaj” MChJ – bosh pudratchi etib tayinlanadi.
2022 yil 1 yanvarga qadar, mazkur obekt qurilishi bilan bog‘liq buyurtmachi, pudrat tashkilotlari tomonidan belgilangan tartibda shakllantirilgan ro‘yxat asosida import qilib olib kiriladigan qurilish materiallari, tibbiy texnika va jihozlar, shuningdek O‘zbekistonda ishlab chiqarilmaydigan butlovchi qismlar, istisno tariqasida qo‘shilgan qiymat solig‘i va bojxona to‘lovlari (bojxona yig‘imlari bundan mustasno)dan ozod etiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo‘mitasi mazkur obekt qurilishi bilan bog‘liq buyurtmachi, bosh pudratchi va pudrat tashkilotlari tomonidan belgilangan tartibda shakllantirilgan ro‘yxat asosida import qilib olib kiriladigan qurilish materiallari, tibbiy texnika, jihozlar va butlovchi qismlar maqsadli ishlatilishi ustidan nazoratni ta'minlaydi.
Belgilanishicha, qaror ijrosi bilan bog‘liq buyurtmachi, bosh pudratchi va pudrat tashkilotlari tomonidan belgilangan tartibda shakllantirilgan ro‘yxat asosida import qilib olib kiriladigan qurilish materiallari, tibbiy texnika, jihozlar va butlovchi qismlar maqsadli ishlatilmagan hollarda, mazkur qaror bilan taqdim etilgan bojxona to‘lovlari va soliqlar bo‘yicha imtiyozlar qonunga muvofiq O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetiga moliyaviy sanksiyalarni qo‘llagan holda qaytarib olinadi.
O‘zbekiston Respublikasi Qurilish vazirligi pudrat tashkilotlar tomonidan olib boriladigan qurilish-montaj ishlari loyiha hujjatlariga muvofiq olib borilishi ustidan belgilangan tartibda nazoratni ta'minlaydi.
Mavzuga oid
08:44 / 06.06.2022
Parrandachilikni davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlash tizimi o‘zgaradi
09:01 / 08.04.2022
«Olima ayollar jamiyati» nimalar bilan shug‘ullanishi ma’lum bo‘ldi
07:51 / 26.03.2022
2021 yilda qurilishdagi baxsiz hodisalar oqibatida 84 nafar ishchi halok bo‘lgan
07:28 / 09.03.2022