Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Avstraliyada 20dan ko‘proq kishi ataylab o‘t qo‘yishda ayblandi
Avstraliyada bir necha oydan beri davom etayotgan o‘rmon yong‘inlari ortida 20dan ko‘proq kishi ataylab o‘t qo‘yishda ayblandi. Bu haqda CNN telekanali xabar berdi.
Avstraliya politsiyasi o‘rmon yong‘inlari bilan bog‘liq jinoyatlar uchun 183 kishiga, jumladan 40 nafar balog‘atga yetmagan shaxsga nisbatan sudga da'vo arizasi bergan.
183 kishidan 53 nafari alangadan foydalanishga taqiqlovga amal qilmaganlik uchun ogohlantirish olgan. 47 kishi esa yerga o‘chmagan sigaret yoki gugurt tashlashda ayblangan.
24 kishi yong‘inlardan eng ko‘p talofat ko‘rgan Yangi Janubiy Uels shtatida o‘rmon yong‘inlarini ataylab boshlashda ayblangan.
Avstraliyadagi o‘rmon yong‘inlari oqibatida 6 mln gektardan ko‘proq maydon yonib ketdi. Yong‘inlar 25 kishining o‘limiga, 500 mlndan ko‘proq jonzotning nobud bo‘lishiga sabab bo‘ldi.
Yashil qit'adagi yong‘inlar tutuni Tinch okeanidan o‘tib, Janubiy Amerikagacha, jumladan Chili, Argentina va Braziliyagacha yetib bordi.
Mavzuga oid
21:34 / 01.05.2025
Isroil olov ichida
19:52 / 01.05.2025
Isroilda o‘rmonlarga o‘t qo‘yishda gumonlangan 18 kishi qo‘lga olindi
23:44 / 30.04.2025
Isroilda o‘rmon yong‘inlari avj oldi. Qator aholi punktlari evakuatsiya qilindi, asosiy magistral yo‘l yopildi - fotolar
12:24 / 30.04.2025