Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Karlos Gon Yaponiyadan qochgandan keyin ilk bor omma oldida paydo bo‘ldi
Nissan kompaniyasining sobiq rahbari Karlos Gon Yaponiyadan qochib ketgandan keyin ilk bor omma oldida ko‘rindi. Bu haqda Associated Press axborot agentligi xabar berdi.
Gon Livan poytaxti Bayrutda matbuot anjumani o‘tkazdi va Yaponiyadan qochishining sababini tushuntirdi. Uning ta'kidlashicha, Yaponiyada unga qo‘yilgan ayblovlar asossiz bo‘lgan. U o‘zini adolatsiz yapon tizimi qurboni deb atagan.
Gon Yaponiya prokurorlari va Nissan top-menejyerlarini unga qarshi til biriktirishda ayblab, siyosiy ta'qibdan qutulish uchun qochganini aytgan.
Gonga matbuot anjumani vaqtida rafiqasi Kerol Gon hamrohlik qilgan. Yaponiya sudi Kerol Gonni ham javobgarlikka tortmoqchi.
Yaponiyada uy qamog‘ida ushlangan Gon Kunchiqar mamlakatdan yashirincha olib chiqilib, 31 dekabrda Livanga yetkazilgan. Livan fuqaroligiga ega bo‘lgan Gon Livan prezidenti Mishel Naim Aun bilan uchrashib, undan xavfsizlik kafolatini olgan.
Gon Yaponiyada 80 mln dollarlik daromadni yashirishda ayblangan va 4 oy hibsda ushlab turilgan. 2019 yil mart oyida u 8,9 mln dollar garov puli evaziga ozodlikka chiqarilgandi. Gon o‘ziga qo‘yilayotgan ayblovlarni rad etib keladi.
Mavzuga oid
21:42 / 07.04.2025
Livan Isroil bilan chegaraga 4,5 ming harbiy xizmatchisini joylashtiradi
10:59 / 23.03.2025
Isroil bir necha oylik tanaffusdan keyin yana Livan bo‘ylab zarbalar yo‘lladi
23:03 / 23.02.2025
Isroil «Hizbulloh» sobiq yetakchisining dafn marosimi vaqtida Livanga hujum qildi
23:07 / 16.02.2025