Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Amudaryodagi xonadondan uch kishining jasadi topildi
Qoraqalpog‘iston Respublikasi Amudaryo tumanida joylashgan xonadondan uch kishining jasadi topildi. Bu haqda Bosh prokuratura jamoatchilik bilan aloqalar va huquqiy axborot bo‘limi boshlig‘i Hayot Shamsutdinov xabar berdi.
Qayd etilishicha, 2020 yil 8 yanvar kuni Amudaryo tumani Qipchoq ovulida yashovchi, 1993 yilda tug‘ilgan S.D.ga tegishli xonadonning yotoqxonasidan uning turmush o‘rtog‘i F.Sh. yuzining jag‘ va bo‘yin sohasida tan jarohatlari bo‘lgan holda va voyaga yetmagan, 2017 yilda tug‘ilgan qizi A.S.ning bo‘g‘ishga xos qotillik alomatlari bilan jasadlari topilgan.
Omborxonadan esa xonadon egasi S.D.ning o‘z joniga qasd qilib, o‘zini-o‘zi osib, vafot etgan holdagi jasadi topilgan.
Mazkur holat yuzasidan shu kuni tuman prokuraturasi tomonidan Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.
Mavzuga oid
22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
08:38 / 05.04.2025
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi
11:59 / 24.03.2025