Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ellikqal'ada yuz bergan YTH oqibatida bir kishi vafot etdi
2020 yilning 7 yanvar kuni soat 20:40larda, Qoraqalpog‘iston Respublikasi Ellikqal'a tumani hududidan o‘tgan A-380 “G‘uzor-Buxoro-Nukus-Beynau” avtomobil yo‘lining 610-kilometrida YTH sodir bo‘ldi.
O‘zbekiston Respublikasi IIV YHXBB axborot xizmati xabariga ko‘ra, haydovchi, shu tumanda yashovchi, 1992 yilda tug‘ilgan D.X. otasiga tegishli bo‘lgan “Neksiya” rusumli avtomobilini boshqarayotib, yo‘lning belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyoda, Ellikqal'a tumanida yashagan, 1961 yilda tug‘ilgan R.Q.ni urib yuborgan.
Natijada, piyoda R.Q. tan jarohati olib, kasalxonada vafot etgan.
Avtohalokat sababi o‘rganilganda, “Neksiya” rusumli avtomobil haydovchisi tezlikni oshirishi oqibatida yo‘lni belgilanmagan joyidan kesib o‘tayotgan piyodani ko‘rmay qolib, urib yuborgan.
Mavzuga oid
12:43 / 19.11.2024
DXX: Ellikqal’a va G‘ijduvonda hokim yordamchilariga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
16:23 / 29.07.2024
Volgograd oblastida yo‘lovchi poyezd yuk mashina bilan to‘qnashdi
15:50 / 27.07.2024
AQShda 38 yashar o‘zbekistonlik trakchi YTH tufayli vafot etdi
13:07 / 27.07.2024