Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegara masalalarini tezroq hal etmoqchi
Qirg‘iziston Tojikiston bilan chegara masalalarini tezroq hal etishni ko‘zda tutmoqda, dedi mamlakat bosh vaziri o‘rinbosari Jyenish Razakov.
Botken shahrida payshanba kuni Qirg‘iziston milliy xavfsizlik qo‘mitasi, davlat chegara xizmati, ichki ishlar vazirligi, bosh prokuratura va va mahalliy hokimiyat organlari vakillari ishtirokida yig‘ilish o‘tkazilgan.
Razakovning so‘zlariga ko‘ra, davlat chegarasini delimitatsiya va demarkatsiya qilish masalalarining yechilishi hukumatning doimiy nazorati ostida turibdi.
"Chegara oldi uchastkalarida sodir bo‘layotgan voqealar muzokaralar jarayonini qiyinlashtirmoqda", - dedi u.
Dekabr oyi o‘rtalarida Tojikiston-Qirg‘iziston chegarasida sodir bo‘lgan nizo oqibatida besh kishi jarohatlangandi.
Qirg‘iziston chegara xizmatining ma'lumotiga ko‘ra, Tojikiston bilan chegaradosh Botken tumanining Ko‘ktosh qishlog‘ida 200 nafar kishi ishtirokida nizo yuz bergan, chegaradosh qishloqlar aholisi bir-birlarini toshbo‘ron qilgan.
Mavzuga oid
07:50 / 24.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
16:53 / 23.05.2025
Qirg‘iziston prezidenti noqonuniy migrantlarga 10 iyungacha muhlat berdi
20:42 / 20.05.2025
Qirg‘izistonda sodir bo‘lgan zilzila kuchi Andijonda sezildi
20:07 / 20.05.2025