Palladiy narxi yil boshidan 30 foizga oshib ketdi

Foto: TASS/Pavel Smertin
Palladiy qimmatbaho metallining narxi uning jahon bozoriga yetkazilishi yomonlashishi xavotirida 2020 yil boshidan beri 30 foizga oshib ketdi.
Jumladan, metallning narxi 17 yanvardagi savdo vaqtida 9,8 foizga oshib, 2008 yildan beri eng maksimal o‘sishni namoyish qilgan. Metallning bir unsiyasi narxi 2528,51 dollarni tashkil qilmoqda.
JARda elektr energiyasi bilan muammolar sababli platina olishdagi uzilishlar palladiy narxining oshishiga asos sabablardan biri bo‘lmoqda. JAR dunyoda ushbu metallni qazib oluvchi ikkinchi raqamli davlat hisoblanadi.
Bu orada qimmatbaho metallga talab oshmoqda, chunki u avtomobil katalizatorlari ishlab chiqarilishida tobora faol qo‘llanmoqda.
Mavzuga oid

13:43 / 24.03.2024
Dollar mustahkamlandi, Bitcoin narxi pasaydi – Xalqaro moliya bozori sharhi

16:02 / 26.12.2022
Nega davlatlar oltin sotib olishga zo‘r bermoqda?

16:23 / 28.09.2021
O‘zbekistonda oltin quymalari narxi pasaydi. Qimmatbaho metall bilan bog‘liq nimalarni bilish muhim?

14:42 / 07.04.2021