Jamiyat | 10:15 / 17.01.2020
6127
2 daqiqa o‘qiladi

Voyaga yetmagan shaxsni tunab ketganlar aniqlandi, tergov harakatlari olib borilmoqda

2019 yil 29 dekabr kuni taxminan soat 21:40larda Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida noma'lum shaxslar boshqaruvidagi Nexia rusumli avtomashinada Yangiobod ko‘chasida turgan voyaga yetmagan 17 yoshli M.Sh.ning oldiga kelishib, qo‘ng‘iroq qilib olish vaji bilan undan «Samsung» rusumli telefon apparatini olishib, qaytarib bermasdan telefon apparatini ochiqdan-ochiq talon-toroj qilishib, hodisa joyidan yashiringanlar.

O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, mazkur holat yuzasidan Uchko‘prik tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 166-moddasi 2-qismi “v” bandi (bir guruh shaxslar tomonidan sodir etilgan talonchilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Olib borilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni Qo‘qon shahrida yashovchi 18 yoshli M.A., 20 yoshli U.A. va 24 yoshli J.M. sodir etganliklari aniqlanib, protsessual tartibda ushlangan va gumon qilinuvchi tariqasida ishda ishtirok etishga jalb qilinganlar.

Dastlabki tergov harakatlari davom ettirilmoqda.

Mavzuga oid