Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Navoiyda 21 yoshli shaxs tengdoshiga shisha bo‘lagi bilan og‘ir tan jarohati yetkazdi
2020 yil 11 yanvar kuni taxminan soat 00:30larda 21 yoshli A.R. Navoiy viloyati Navbahor tumani “Qiziltepa” mahallasi Chinor ko‘chasida o‘zaro janjal vaqtida, 21 yoshli B.I. tanasining turli joylariga qo‘l va oyoqlari bilan urib tepib, yiqitib, yerda yotgan shisha idishning singan bo‘lagi bilan A.R.ning qorin sohasiga 3 marotaba urib tan jarohati yetkazgan.
O‘zbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti xabariga ko‘ra, sud-tibbiy ekspertiza xulosasida A.R.ning olgan tan jarohati og‘irlik darajasiga ko‘ra “og‘ir” tan jarohatlar toifasiga kirishi ko‘rsatilgan.


Holat yuzasidan 2020 yil 12 yanvar kuni Navbahor tumani IIB huzuridagi Tergov bo‘linmasi tomonidan B.I.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 1-qismi (qasddan badanga og‘ir shikast yetkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u gumon qilinuvchi tariqasida ishtirok etishga jalb qilingan.
Hozirda dastlabki tergov harakatlari olib borilmoqda, deyiladi ma'lumotda.
Mavzuga oid
22:09 / 23.04.2025
Olmaliqda shirinlikni yeb qo‘ygan bolasining qo‘lini kuydirgan ona 2 yilga qamaldi
17:21 / 05.04.2025
100 ming dollarlik “o‘yin”: Marg‘ilondagi bir jinoyat tafsiloti
08:38 / 05.04.2025
Jinoyat sodir etib, qochib yurgan o‘zbekistonlik Rossiyada ushlandi
13:44 / 30.03.2025