Fan-texnika | 16:07 / 21.01.2020
7014
5 daqiqa o‘qiladi

Odnoklassnikining O‘zbekistonda 2019 yil yakunlari: yuborilgan sovg‘alarning rekord soni va hissiyotlar bilan almashinish servisining o‘sishi

Odnoklassniki ijtimoiy tarmog‘i O‘zbekistondagi asosiy auditoriyaning ko‘rsatkichlari va turli servislardan foydalanuvchilarning faolligi bo‘yicha 2019 yil natijalarini yakunladi. OK tahlilchilari foydalanuvchilar ijtimoiy tarmoqda bir-birlariga virtual sovg‘alarni faol taqdim etishlarini va videoqo‘ng‘iroqlardan foydalanishlarini va o‘n milliardlab video ko‘rishlarini aniqladilar. Auditoriya foydalanuvchilarning mamlakat hududida haqiqiy turar joyi bo‘yicha hisoblandi.

O‘zbekiston Odnoklassnikidan foydalanish bo‘yicha eng faol mamlakatlar top-5 ga kiradi. Auditoriyaning asosiy qismi oxirgi yilda o‘zgarishsiz qoldi — ular 25 dan 34 yoshgacha bo‘lgan yosh erkaklardir. Umuman olganda erkaklar O‘zbekistondagi OK foydalanuvchilarning umumiy sonining 78% ni tashkil etadi.

O‘zbekistonliklar kontentdan mobil qurilmalar orqali foydalanuvchilarning global trendlaridan qolishmaydilar va o‘z telefonlarida Odnoklassnikida bo‘lishni afzal ko‘radilar: ijtimoiy tarmoqqa kirishlarning 89% mobil qurilmalardan amalga oshiriladi

2019 yilda Odnoklassniki o‘zining muhim xususiyatlari va asosiy biznes-yo‘nalishi kommunikatsiya servislariga e'tiborni qaratdi, ular yordamida foydalanuvchilar o‘zlarining samimiy his-tuyg‘ulari bilan ijtimoiy tarmoqdagi yaqinlari hamda do‘stlari bilan o‘rtoqlashadilar: virtual sovg‘alar, stikerlar, qo‘ng‘iroqlar. Bu yil yakunlariga ko‘ra kunlik auditoriyaning dinamikasi bo‘yicha ijobiy trend ko‘rsatish imkonini berdi.

Foydalanuvchilarning ijtimoiy tarmoq uchun o‘ta muhim bo‘lgan virtual sovg‘alar servisiga jalb etilganligi rekord darajada 3 martaga oshdihar oyda jo‘natilgan sovg‘achalar 26 mln tagacha yetdi. Shuningdek xabarlar va izohlarda stikerlarning ommalashuvi ham rekord sur'atlarda o‘sib bormoqda. 2019 yil mobaynida o‘zbekistonlik foydalanuvchilar 22 mln dan ko‘p stiker yubordilarbu 2018 yilga nisbatan 10 marta ko‘p demakdir.

OK foydalanuvchilari o‘tgan yilda yangiliklar lentasida do‘stlari va tanishlarining hayotiga oid hodisalariga ko‘proq o‘z munosabatlarini bildirdilar. OKda mashinali o‘qitish bazasida do‘stlarni hatto eski rasmlari bo‘yicha ham avtomatik tarzda qayd etishni taklif etadigan shaxslarni tanish texnologiyasi va aqlli lentaning yangi algoritmlari  tufayli “Klass” va boshqa hissiyotlar miqdori bo‘yicha tarixiy rekord o‘rnatildi: bir sutkada 240 million va bir sekundda 5000 dan ortiq.

Bundan tashqari, 2019 yil OKdagi yangi do‘stona aloqalar soni bo‘yicha ham rekord yil bo‘ldi. Ijtimoiy tarmoq do‘stlik servisiga zamonaviy texnologiyalarni qo‘shdi: neyrotarmoqlar bazasida do‘stlarni tavsiya etish algoritmlari va servisning yangi platformasi ishga tushirilishi tufayli do‘stlarga oylik buyurtmalar soni yiliga 50%ga oshdi, qizg‘in vaqtlarda OKda bir sutkada 6 milliondan ortiq do‘stona juftliklar qayd qilindi.

2018 yilda Odnoklassniki sun'iy intellekt boshqaruvi ostida ovozli va videoqo‘ng‘iroqlar platformasini qayta ishga tushirdi, shundan so‘ng servisdan foydalanish tobora orta boshladi. Bu vaqt mobaynida barcha foydalanuvchilar bir vaqtning o‘zida 100 tagacha foydalanuvchi ishtirok eta oladigan guruh qo‘ng‘iroqlarni amalga oshirish va to‘ldirilgan voqelik niqoblarini qo‘shish imkoniyatiga ega bo‘ldilar. 2019 yilda OK da qo‘ng‘iroqda fonni xiralashtirish funksiyasi paydo bo‘ldi, biznes uchun esa OKdagi o‘z guruhida o‘zining koll-markazini tashkil etish uchun virtual telefoniya servisi ishga tushirildi. Yil oxirida Odnoklassniki ijtimoiy tarmoqlar orasida birinchilardan bo‘lib foydalanuvchilarni istalmagan qo‘ng‘iroqlardan ogohlantiradigan raqamni avtomatik tarzda aniqlovchi servisini ishga tushirdilar. Qo‘ng‘iroqlar servisini rivojlantirish chaqirishlar sonining oshishiga yordam berdi – 2019 yil mobaynida O‘zbekistondagi foydalanuvchilar 26,8 mln. muvaffaqiyatli qo‘ng‘iroqni amalga oshirdilar.

Video kontentning eng tez o‘suvchi turi sifatida OKdagi O‘zbekiston foydalanuvchilarida o‘tgan yilda 3,5 mlrd ko‘rishni to‘pladi, bu 2018 yilga nisbatan 130% ga ko‘p demakdir. Bu raqam o‘z ichiga ham professional kontent, ham videostrimlarni oladi. Oxirgilar ichida O‘zbekiston foydalanuvchilari orasida Makkaga haj, musiqachilarning chiqishlari va hajviy videolar, masalan, miyovlovchi to‘tiqush haqidagi roliklar eng ko‘p ko‘rildi va ommalashdi. 

Foydalanuvchilarning bir-birlari bilan kommunikatsiyadagi bunday yuqori faolligi O‘zbekistonda OKning umumiy kunlik auditoriyasining oshishiga ham o‘z ta'sirini ko‘rsatdi 2019 yilning dekabrida u o‘tgan yilga nisbatan 5,7% ga oshdi. Shu jumladan OKning kunlik mobil auditoriyasi ham 7,2% ga o‘sdi (mobile DAU).

Mavzuga oid