Jamiyat | 15:40 / 22.01.2020
19422
2 daqiqa o‘qiladi

Toshkent hokimligi yo‘llarning transport oqimi eng zich bo‘lgan qismlarini rekonstruksiya qilmoqda

Foto: KUN.UZ

Bu yil Toshkent shahar hokimligi Bektemir, Sergeli va Yunusobod tumanlaridagi yo‘llarning transport oqimi eng zich bo‘lgan qismlarini rekonstruksiya qilishga kirishdi. Bu haqda poytaxt hokimining o‘rinbosari Baxtiyor Rahmonqulov xabar berdi.

Uning so‘zlariga ko‘ra, loyiha ishlari hali ham davom etmoqda. Rekonstruksiya qilinayotgan uchastkalarda yangi avtobus bekatlari, piyoda va velosiped yo‘laklari nazarda tutiladi.

Bundan tashqari, Qipchoq ko‘chasi va halqa avtomobil yo‘lni bog‘laydigan yangi yer usti yo‘l o‘tkazgich qurilishi rejalashtirilgan bo‘lib, u transport oqimi juda zich bo‘lgan Yangi Sergeli ko‘chasida tirbandlikni kamaytiradi.

Shuningdek, Sergeli tumanidagi avtomobil bozoriga kirish va chiqish yo‘llarini qayta qurish rejalashtirilgan. Qayta qurish tugagandan so‘ng, Yangi Sergeli ko‘chasidan kirish amalga oshiriladi, chiqish emas - halqa avtomobil yo‘liga.

1. Yangi Sergeli ko‘chasining Janubiy vokzaldan Qipchoq ko‘chasigacha bo‘lgan 6,6 km.lik qismini rekonstruksiya qilish.

dorog

2. Ahmad Donish ko‘chasini Mega Planet savdo markazidan Nurafshon ko‘chasigacha bo‘lgan 6,4 km.lik qismini rekonstruksiya qilish.

3. Farg‘ona yo‘li ko‘chasining Kichik halqa avtomobil yo‘lidan Husayn Boyqaro ko‘chasigacha bo‘lgan 7,6 km.lik qismini rekonstruksiya qilish. 

Mavzuga oid