Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
«Tuhmatlardan hech qachon singan emas» – Shavkat Mirziyoyev Abdulla Aripov haqida
Oliy Majlis palatalarining ilk qo‘shma majlisida so‘z olgan prezident Shavkat Mirziyoyev bosh vazir lavozimiga qayta tayinlangan Abdulla Aripov haqidagi ijobiy fikrlari bilan o‘rtoqlashdi.
«Men 14 yil shu lavozimda o‘tirgan va uch marta qayta tayinlangan odam sifatida aytamanki, Bosh vazirning yuragidan qanday hissiyotlar o‘tayotganini men sezaman. Nega desangiz, Abdulla Nigmatovichni men 20 yildan beri yaxshi bilaman. Ko‘p yillar yonma-yon birga ishlaganmiz.
Hayotda ko‘p og‘ir tuhmatlar bo‘ldi, bu tuhmatlardan hech qachon singani yo‘q. Shuning uchun men lavozimga o‘tirganimdan keyin Abdulla Nigmatovichni qaytarganim ham adolat nuqtayi nazaridan bejiz emas», – degan Mirziyoyevning so‘zlarini keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Qo‘shma majlisda qatnashgan 150 nafar deputatdan 148 nafari (1 nafari betaraf, 1 nafari ovoz bermadi), 97 nafar senatordan 94 nafari (3 nafari ovoz bermadi) Aripov nomzodini ma'qullab ovoz berdi.
Ma'lumot uchun, Abdulla Aripov – O‘zbekistonning to‘rtinchi bosh vaziri. U 2016 yil 14 dekabridan buyon ushbu lavozimni egallab kelmoqda. 2002-2012 yillarda sobiq bosh vazirlar O‘tkir Sultonov va Shavkat Mirziyoyevning o‘rinbosari bo‘lib ishlagan.
Mavzuga oid
09:21 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Yashil iqlim jamg‘armasi vakolatxonasi ochilishi mumkin
08:02 / 28.05.2025
O‘zbekistonda Butunjahon intellektual mulk tashkilotining magistratura dasturi joriy etiladi
15:46 / 13.05.2025
O‘zbekiston va Eron o‘zaro tovar ayirboshlash hajmini 2 mlrd dollarga chiqarmoqchi
20:32 / 12.05.2025